IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z chiqishida guruhning yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardagi mag‘lubiyatini tan oldi. Bu haqda Naynava viloyatidagi manbaga tayanib, Alsumaria telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Al-Bag‘dodiy chiqishini vidolashuv nutqi deb atadi, uni IShID targ‘ibotchilari orasida tarqatdi va guruhga nima bo‘layotganini izohladi. Targ‘ibotchilar guruh Naynava viloyati va Iroqning boshqa qismlarida uchrayotgan mag‘lubiyatlar haqida gapirishni boshladi”, — deya ta’kidlagan manba.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq g‘arbiy Mosuldagi IShID yetakchilari shahardan qochib, jon saqlayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)