Toshkent shahar Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Toshkent shahar YoXBB axborotiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in 28-fevralga o‘tar kechasi Yorqin ko‘chasidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. Maydoni 50 kvadrat metr bo‘lgan uyning tomi, xonalari va jihozlari yongan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egalari — 1963-yilda tug‘ilgan erkak va 1969-yilda tug‘ilgan ayolning jasadi topilgan. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ularning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida yuz bergan.
Hodisaga olovdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganlik sabab bo‘lgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)