Farg‘ona viloyatidagi “Farg‘onaazot” zavodida 23-fevral kuni soat 16:30 da ta’mirlash-montaj ishlari vaqtida ammiak sexida portlash yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida odamlar qurbon bo‘lgani aytilmoqda. FVV axborotida qurbonlar soni ko‘rsatilmagan.
Xabar berishlaricha, hodisa sabablari va tafsilotlarini aniqlash, shuningdek, jabrlanuvchilarning oilalariga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)