Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi besh qavatli ma’muriy binoda yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 14 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in vaqtida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 70 kishi qutqarilgan.
Ulardan 14 nafari Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yuborilib, 12 nafari toksikologiya, 1 nafari travmatologiya bo‘limlariga joylashtirilgan hamda 1 nafariga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.Mavzuga doir: Chilonzorda yirik yong‘in. Fotosuratlar
Mavzuga doir: Chilonzorda yongan besh qavatli binoning dastlabki uch qavati to‘liq olov ichida qolgan
Izoh (0)