AQSh prezidentining siyosiy va strategik masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Stiven Bennon Germaniya elchisi Piter Vittig bilan uchrashuvi chog‘ida Yevroittifoq tuzilmasida kamchiliklar ko‘rayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, Bennon Yevroittifoqni “takomiliga yetmagan tuzilma” deb atagan. Shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni ikki tomonlama asosda qurish lozimligini bildirgan.
Oq uydagi manba maslahatchi va elchi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqladi, biroq muloqot atigi uch daqiqa davom etgani va tomonlar salom-alikdan nariga o‘tmaganini ma’lum qildi.
Germaniya elchisi uchrashuvga izoh berishdan bosh tortdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)