Politsiya Krasnoyarsk o‘lkasidagi kasalxonalardan birida bemorning derazadan pastga qulashi sababini o‘rganmoqda. Bu haqda Rossiya IIV o‘lka boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Hodisa 19-fevral, yakshanba kuni Jeleznogorsk klinik kasalxonasida ro‘y berdi. Ertalabki soat 8 atrofida hamshira 12-qavat derazasida turgan erkakni ko‘rib, uni chaqirgan, biroq kech bo‘lgandi. Yer qor bilan qoplangani zarbani yengillashtirdi va bemor tirik qoldi”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati vakili.
Politsiyaga ko‘ra, hozirda erkak kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)