Braziliyadagi qamoqxona nazoratchilari mahbuslardan biri uchun mobil telefon yetkazayotgan “kontrabandachi” kabutarni qo‘lga oldi. Bu haqda UPI agentligi ma’lum qildi.
Hodisa 10-fevral kuni Franku-da-Rosha shahrida joylashgan Nilton Silva qamoqxonasida yuz berdi.
Nazoratchilar mahbuslar ustiga nimadir kiyintirilgan kabutarni tutishga harakat qilayotganini payqadi. Ular qushni bir amallab qo‘lga olgan. Kabutarga mobil telefon hamda batareya yashirilgan nimcha kiydirilganini aniqlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)