Britaniyaning Roterem shahrida yashovchi ayol o‘z-o‘ziga turmushga chiqadi, deb yozadi The Daily Mirror.
39 yil ichida Linn Gollogli o‘ziga umr yo‘ldoshi topa olmadi, shu tufayli qidiruvni to‘xtatishga qaror qildi. Biznes tahlilchi bo‘lib ishlaydigan britaniyalik ayol ishqiy munosabatlarga kirishish xohish-istagini yo‘qotdi. Ayol o‘z-o‘ziga turmushga chiqish marosimini aprel oyiga rejalashtirdi. Tadbir an’anaviy to‘y sifatida bo‘lib o‘tadi, unga mehmonlar taklif qilinadi, kelin esa oq libos kiyadi. Gollogli asal oyini Rimda o‘tkazadi.
“Yoshligimda bir paytlar unashtirilgan edim, ammo u o‘ylamasdan qilingandi va hech narsaga olib bormadi”, — dedi u. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘z-o‘ziga turmushga chiqish g‘oyasi unda Amerikaning “Do‘stlar” (Friends) komediyali serialini ko‘rgach, paydo bo‘lgan, uning bitta seriyasida turmushga chiqishni judayam istagan, ammo qallig‘i bo‘lmagan uch qiz kelin ko‘ylaklarni kiyib ko‘radi.
Izoh (0)