AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini NATOning muxlisi deb atadi, ammo alyans ishtirokchilaridan moliyaviy majburiyatlarini bajarishni talab qildi, deb yozadi “TASS”.
Florida shtatida so‘zlagan nutqida Tramp amerikaliklar “ishonmaslik jarligini yengib o‘tib, yangi imkoniyatlarni ochuvchi hamkorlik ko‘priklarini qurishi”, shuningdek, “kechagi kun kurashlarining ketib borayotgan aks-sadosiga e’tibor bermasligi” kerakligini aytdi. “Biz o‘zimizga foyda keltirmayotgan janglarda qatnashyapmiz, biz boshqalar o‘zimizga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘layotgan janglarda qatnashyapmiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Amerika yetakchisi.
Shu munosabat bilan u shunday dedi: “Men NATO muxlisiman, biroq NATOdagi ko‘plab mamlakatlar, biz himoya qilayotgan davlatlarning ko‘pchiligi hisoblarini to‘lamayapti. Ular bizga yordam berishi kerak”.
Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis NATO bo‘yicha sheriklarini agar Yevropa mamlakatlari mudofaaga ko‘proq pul ajratishni boshlamasa, AQSh o‘zining alyansdagi hissasini kamaytirishi haqida rasman ogohlantirgan edi.
Izoh (0)