Mark Sukerberg AQSh prezidenti Donald Tramp uning kishilar birlashuvi va dunyo hamjihatligi taraqqiyotga olib kelishi haqidagi fikrlariga qo‘shilgani yoki yo‘qligi haqidagi savollarga munosabatini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu savolga javobni anglab yetish uchun Tramp bilan gaplashib ko‘rishingiz, bayonotlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Ko‘pchilik Trampga uning bir yoki ikki harakatiga qarab baho beradi. Men esa bu anchagina keng tendensiya ekanligini ko‘rib turibman.Facebook asoschisiga ko‘ra, kelgusidagi imkoniyatlarning aksariyati kishilarning birlashish tamoyili, ozodlikning keng tarqalishi va ilm-fanning jadal rivojlanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.Mark Sukerberg, Facebook asoschisi
Oldinroq Sukerberg Trampning migratsiya haqidagi farmonini tanqid qilgan, ajdodlari AQShga Germaniya, Avstriya va Polshadan, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi esa Vyetnam va Xitoydan kelganligini eslatib o‘tgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)