Seul sudi Samsung Electronics korporatsiyasining norasmiy rahbari Li Chje Yonni hibsga olishga order berdi, u Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi yirik korrupsiya mojarosiga aloqador poraxo‘rlik haqidagi ish bo‘yicha ayblanmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ammo sud Samsung prezidenti San Jin Pakni hibsga olish so‘rovini rad etdi.
Ta’kidlanishicha, Chje Yon o‘z ishi bo‘yicha sud qarorini kutib, Seuldan 15 km masofadagi Yivan shahri qamoqxonasida o‘tiradi. Tergov 28-fevralgacha yakunlanishi kerak.
Avvalroq o‘z lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xega aloqador korrupsiya mojarosini tekshirishga mas’ul bo‘lgan maxsus komissiya Samsung kompaniyasi vitse-raisi Li Chje Yonni gumonlanuvchi sifatida yana so‘roqqa chaqirishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)