“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2017-yil yozida Toshkent—Burgas—Toshkent va Toshkent—Barselona—Toshkent yo‘nalishlarida turkum charter reyslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Charter aviatashuvlaridan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad Bolgariya va Ispaniya sayyohlik bozorlarida O‘zbekistonning turizm borasidagi salohiyatini namoyish etish va ommalashtirishdan iborat.
Bolgariyaga o‘tgan yil yozi va Maldivga 2016—2017-yillar qishida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan charter reyslari tajribasi O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ortishi va o‘z navbatida, o‘zbekistonliklarning yangi sayyohlik yo‘nalishlariga qiziqishiga sabab bo‘lgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)