“Lukoyl”ning O‘zbekistondagi ilk yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotiladigan yoqilg‘i narxlari belgilangani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Do‘stlar, LUKOIL AYoQSh faoliyatiga bildirilgan qiziqishingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shoxobchada sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e’tibor qaratamiz. To‘liq va ishonchli ma’lumotni faqat bizning www. Facebook.com/LUKOILUz sahifamiz orqali bilishingiz mumkin. Yangiliklarimizni kuzatib boring”, — deyiladi Facebook’dagi sahifada qoldirilgan izohda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq A-92 benzinining 1 litri 3 000, A-95 benzinining 1 litri 3 200, dizel yoqilg‘isi 1 litri esa 2 800 so‘m etib belgilangani bildirilgandi.
Avvalroq O‘zbekistonda “Lukoyl”ga qarashli birinchi AYoQSh Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida ochilish arafasida turgani haqida xabar berilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)