Iroq poytaxtida ro‘y bergan portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yana 50 kishi jarohat oldi.
Minalashtirilgan avtomobil Bаg‘dodning aholi gavjum Sadr-siti dahasida portlatilgani bildirilmoqda.
Hozircha hech bir terrorchi guruh mazkur hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)