Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xe qurshovidagi korrupsiyaviy mojaroni tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya Samsung Electronics korporatsiyasi prezidentining o‘g‘li Li Chje Yonni yana gumonlanuvchi sifatida suhbatga chaqiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Tekshirib ko‘rish kerak bo‘lgan qator holatlar bor. Ularni tasdiqlash uchun Samsung vitse-prezidentini yana chaqirish zarurati tug‘ilmoqda”, — deya ma’lum qiladi komissiya vakillari.
Li Chje Yonni hibsga olishga order so‘rash haqidagi qaror u bilan 13-fevral, dushanba kuni o‘tkaziladigan suhbatdan so‘ng qabul qilinadi.
Samsung vitse-prezidenti va bir necha yildan beri otasining betobligi sababli amalda korporatsiyani boshqarayotgan Li Chje Yon birinchi bor prokuratura vakillari tomonidan yanvar oyi o‘rtalarida chaqirtirilgandi. Bir necha kundan so‘ng Seul sudi tergovchilarga Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berishni rad etgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)