Misr armiyasi harbiy xizmatchilari Sinay yarim oroli shimolida IShIDning 10 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al-Watan portaliga ko‘ra, ekstremistlarga qarshi reydlar shimoliy Sinay viloyati poytaxti Al-Arish shahrida o‘tkazildi.
Jangarilar kuch tizimi xodimlariga hujum uyushtirish uchun foydalangan 3 ta transport vositasi ham yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)