Eron Suriya hududida quruqlikda olib borilayotgan aksilterror operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Rossiyaga o‘z havo kengliklaridan foydalanishga ruxsat berishga tayyor.
Bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy ma’lum qilgan.
“Agar zarurat bo‘lsa va mamlakat harbiy amaldorlari tomonidan shunday zarurat borligi bildirilsa, Rossiya samolyotlariga Suriyada quruqlikda olib borilayotgan operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Eron havo kengliklaridan uchib o‘tishga ruxsat berilishi ehtimoli bor”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriyadagi jangarilariga qarshi kurashda Eron va Rossiyaning hamkorligi keng imkoniyatlarga ega.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)