• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qonun hujjatlarini tarqatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qarorga berilgan sharhda qayd etilishicha, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi va natijadorligi, avvalo ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga, huquqiy normalarning subyektlarga, shuningdek keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlashga bog‘liq.

    Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini “O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi” — “Lex.uz” saytida joylashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

    Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targ‘ibot o‘tkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayyan kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

    Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, konsepsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar belgilanmagan edi.

    Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ijrochilar va aholini huquqiy xabardor qilish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Ushbu qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini o‘rnatish, bu sohada prinsipial yangi yondashuvlarni belgilash, yangi qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini tashkil qilish mexanizmlarini mustahkamlash va ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish nazarda tutilmoqda.

    Yangi qabul qilingan qonunlar, boshqa qonun hujjatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etish va amaliyotda qo‘llash uchun rasmiy tarqatma orqali yuborishning yagona tartibi va muddatlari belgilandi.

    Ta’kidlash joizki, bundan buyon tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida ko‘rsatiladi. Ushbu mexanizm yangi qabul qilingan qonunlarning samarali va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Nazoratni amalga oshirish yuklatilgan mas’ul davlat organi va tashkiloti hujjat imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.

    Yana bir yangilik — normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayonida tayyorlangan axborot-tahliliy materiallari bilan tanishish imkoniyati yaratilishidir. Bundan buyon qabul qilingan qonun hujjatlarining huquqiy mazmuni va ahamiyatini targ‘ib qilish ushbu axborot-tahliliy materiallari asosida amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ularning mazmun-mohiyatini to‘liq yetkazishga, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga xizmat qiladi.

    Masalan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish asosini, uning ahamiyatini, shuningdek qabul qilinishidan kutilayotgan natija bo‘yicha qisqacha ma’lumotni o‘zida aks ettirgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (“Lex.uz”)da ham e’lon qilinadi.

    Yana muhim jihat shundan iboratki, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, uslubiy rahbarlik va nazorat qiluvchi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

    Qaror bilan shuningdek qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.

    Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda. Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qog‘oz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlaydi.

    Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (“Lex.uz”)ga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta O‘zbekistonning Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilib boradi.

    Qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari mas’ul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha guruhlar tuzish, turkum tele, radioko‘rsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari e’lon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, qaror bilan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning yangi tarkibi hamda uning tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar davlat boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladigan hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda.

    Shu bilan birga, mazkur sohada vakillik organlarining rolini kuchaytirish maqsadida har yili Oliy Majlis Senati va xalq deputatlari Kengashlarida Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish sohasidagi hisobotlarni eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

    Qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy mexanizmlarini, shu jumladan, huquqiy axborotni ta’lim, axborot-kutubxona muassasalarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida majburiy tarqatishni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish choralarini amalga oshirish tartibini, mazkur sohada Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va boshqa davlat organlarining vakolat va javobgarliklarini nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

    Shuningdek, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (“Lex.uz”)ni takomillashtirish, xususan eng ko‘p talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi ma’lumotlar bankini yaratish bo‘yicha choralar belgilanmoqda.

    “Mazkur qaror ijrosini ta’minlash huquqiy axborotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishga, ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun va mohiyati to‘g‘risida huquqiy xabardor qilishning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi O‘zAda e’lon qilingan qaror sharhida.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    08.02.2017, 23:58   Izoh (0)   14896
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sodiq Safoyev McKinsey konsalting firmasi vakillarini qabul qildi

    08.02.2017, 23:46

    YTTB prezidenti Suma Chakrabarti martda O‘zbekistonga keladi

    08.02.2017, 23:26

    O‘zbekistonliklar diplomatik pasport bilan Kuvaytga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi

    08.02.2017, 22:37

    Toshkentda yanvar oyida kvartiralar narxi oshdi

    08.02.2017, 22:13

    Shavkat Mirziyoyev Kobuldagi terakt munosabati bilan Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

    08.02.2017, 21:40

    Toshkentda yuz bergan navbatdagi yong‘in, Rossiyani kutayotgan yorqin kelajak, kuniga 5 soatdan kamroq uxlayotgan Tramp va kunning boshqa muhim xabarlari

    08.02.2017, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20

    Rossiya va Ukraina askarlarning jasadi almashinuvi borasida ziddiyatga bormoqda

    Dunyo | 8 iyun, 21:10

    O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.