O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘lladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Mazkur maktubda Afg‘oniston rahbariyati va butun afg‘on xalqiga 7-fevral kuni Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan chuqur ta’ziya bildirdi”, — deyiladi TIV axborotida.
Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etgan.O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kuni ham Afg‘onistonga hamdardlik bildirgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)