AQSh aholisining uchdan bir qismi Rossiyani “do‘st bo‘lmagan davlat”, 22 foiz amerikalik esa “dushman” deb hisoblaydi. Bu haqda YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, so‘rov ishtirokchilarining AQSh prezidentligi saylovida Hillari Klinton uchun ovoz bergan qismi orasida Rossiyani dushman deb ataganlar ulushi to‘rt barobar ko‘proq — 39 foizni tashkil etgan. Donald Tramp uchun ovoz berganlar orasida esa mazkur ko‘rsatkich 10 foizga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan va ular hamkorlikni tiklashga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)