Perudagi kuchli suv toshqini oqibatida 23 kishi qurbon bo‘ldi, yana 37 kishi jarohat oldi. Bu haqda 4-fevral, shanba kuni mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Tabiiy ofat tufayli mol-mulkiga zarar yetgan kishilar soni olti mingdan oshdi, jami jabr ko‘rganlar 72 mingni tashkil etdi. 15 mingta binoga zarar yetgan, ulardan mingga yaqini butunlay vayron bo‘lgan. 14 ta ko‘prik va 46 kilometr yo‘l vayron bo‘ldi.
Peru hukumati aholiga yordam va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchini jalb etdi.
Perudagi kuchli yomg‘irlar suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)