Bir yilda 20 ming futbol maktabi — bunaqasi faqatgina Xitoyda bo‘lishi mumkin. “Sport.ru” ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy bu ishni futbolni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam sifatida amalga oshiradi.
Mamlakat futbol klublari millionlab pullarni xorijiy futbolchilarga sarf etayotgan bir paytda, hukumat mahalliy futbolchilar saviyasini oshirish uchun bel bog‘lagan. 2016-yilga kelib mamlakat hududida 13 381 ta futbol maktabi bor edi. 69 ta okrug esa umumiy ta’lim maktablariga futbol darsligini kiritib ulgurgandi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2025-yilga kelib Xitoyda 50 mingta ixtisoslashgan maktab faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lishi kerak. Bu qaror mamlakatning kamida 6 ta davlat departamenti tomonidan nazoratga olinadi hamda 360 xil mashg‘ulot darsliklari ishlab chiqiladi.
Izoh (0)