• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Tachmurod Agamurodovning iste’fosi viloyat hokimining shaxsiy munosabatiga bog‘liq emas”. “Buxoro” rahbariyati klub atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

    “Buxoro” futbol klubi o‘tgan yilgi milliy futbol mavsumining sensatsiyalaridan biri bo‘ldi — bir yil avval bazo‘r Oliy Ligada jon saqlab qolgan jamoa 2016-yil davomida Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi (lekin yo‘llanmani qo‘lga kirita olgani yo‘q).

    Foto: “Buxoro” PFK matbuot xizmati

    Foto: “Buxoro” PFK matbuot xizmati

    Jamoa bunday muvaffaqiyatga o‘z-o‘zidan erishgani yo‘q — 2016-yilgi mavsum oldidan klubga bir qator taniqli futbolchilar jalb etildi, bundan avvalroq, 2015-yilning ikkinchi davrasida klub murabbiylar shtabida bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Sho‘rtan” klublarida ishlagan turkmanistonlik mutaxassis — Tachmurod Agamurodov ish boshlagan edi.

    23-yanvar kuni nafaqat Tachmurod Agamurodov, balki klubning butun murabbiylar shtabi iste’foga chiqarildi. Bu vaqtgacha jamoa yetakchisiga aylanib ulgurgan bir qator futbolchilar klubni tark etib ulgurgan edi. Bu xabarlar “Buxoro”dagi “futbol ertagi” yakuniga yetdi, degan taassurot uyg‘otmay qo‘ymasdi.

    Ayni vaqtda, ijtimoiy tarmoqlar jarayon bilan bog‘liq boshqa bir tasodifiy holatga ham e’tibor qaratgan — Buxoroning yangi hokimi 2008-yili Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib kelgach, o‘sha vaqtda “Dinamo”da ishlayotgan Agamurodov bir oydan so‘ng iste’fo bergan; bu safar shu holat Buxoroda takrorlandi.

    “Buxoro” rahbariyati klub atrofida paydo bo‘layotgan “asossiz gap-so‘zlar”ning oldini olish maqsadida, “Daryo” internet-nashriga murojaat yo‘lladi. Unda Agamurodov ham a’zosi bo‘lgan murabbiylar shtabining iste’foga chiqarilishi sabablari, shuningdek, klubning yangi rivojlanish strategiyasi haqida so‘z boradi.

    Aksariyat muxlislarda chempionatda 4-o‘rinni egallagan jamoa murabbiylar shtabi nega ishdan chetlatildi, degan savol tug‘ilishi mumkin.

    Birinchidan, har qanday mutaxassis ishga qabul qilinganda uning oldiga ma’lum talablar qo‘yiladi. Mutaxassis ham mavjud talablarni amalga oshirish uchun o‘z shartlarini o‘rtaga tashlaydi.

    2016-yilgi mavsum avvalida jamoa murabbiylar shtabi oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Bu borada jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Murabbiylar talabiga asosan yulduz futbolchilar tarkibga jalb etildi. Ammo natija-chi?! Mavsum yakuniga ko‘ra jamoa OChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur holatning o‘ziyoq murabbiylar shtabi rahbariyatning talabini qondira olmaganligi hamda iste’foga loyiqligini ko‘rsatadi.

    Ikkinchidan, 2016-yilgi mavsumdagi “Buxoro” futbol klubi byudjeti Oliy Ligada faoliyat yuritayotgan klublar o‘rtasida 2-o‘rinni egallagan. Ammo turnir jadvalidagi yakuniy pog‘ona — 4-o‘rin.

    Bu holat klub rahbariyati tomonidan pullarni behuda sovurish, kerak bo‘lsa, talon-toroj qilish sifatida baholandi.

    “Buxoro” PFK murojaatidan

    “Buxoro” rahbariyatining qayd etishicha, klub o‘z rivojlanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqqan va endi asosiy e’tibor yoshlarga qaratiladi.
    Endilikda faqatgina katta mablag‘, baland maosh evaziga jamoadan jamoaga ko‘chib yuruvchi “yulduz” o‘yinchilar bilan natijaga erishib bo‘lmasligini anglagan klub rahbariyati o‘z rivojlanish strategiyasini o‘zgartirib, mahalliy yoshlar evaziga bosqichma-bosqich taraqqiyot yo‘lini tanladi.

    Jamoada buxorolik futbolchilar orasida kim muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi? Faqatgina Shavkat Salomov va qisman Jasur Hasanov. Suhrob Ne’matov zaxiradan maydonga tushdi; Bobir Amonov, Jamoliddin Ubaydullayev, Nozim Umurov singari futbolchilar esa, bir-ikki o‘yinni aytmasa, zaxira o‘rindig‘ini “isitdi”. Jamoaga o‘rinbosarlar tarkibidan hech kim jalb etilmadi.

    Negaki, asosiy e’tibor faqatgina “yollanma” futbolchilar evaziga natijaga erishishga qaratilib, yoshlar bilan ishlash unutildi. Oqibatda esa jamoa kelajagi xavf ostida qoldi. Shu bois ayni paytda viloyatdagi ayrim muxlislar jamoaning keyingi yildagi ishtirokidan xavotir olmoqda. Agar klub murabbiylar shtabi o‘z vaqtida yoshlar bilan ishlashga ham e’tibor qaratganida, bugun mazkur xavotirlarga o‘rin qolmasdi.

    Shu bois, ayni paytda viloyatda futbolni mahalliy yoshlar hisobiga kuchaytirishga e’tibor qaratildi. Mablag‘ ham ana shu maqsadga yo‘naltirildi. Tabiiyki, bunday vaziyatda katta maoshga o‘rgangan futbolchilar o‘z xohishiga ko‘ra jamoani tark etadi.

    “Buxoro” PFK murojaatidan

    Klub murojaatida alohida qayd etilishicha, Tachmurod Agamurodovning iste’fosi bilan viloyatga yangi hokim tayinlanuvi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.
    Xulosa qilib aytganda, Tachmurod Agamurodovning iste’fosi viloyat hokimi shaxsiy munosabati bilan emas, balki sohada tartib o‘rnatish maqsadida amalga oshirildi. Iste’foning asosiy sababi — avvalo belgilangan natijaga erishilmaganligi, qolaversa, jamoa o‘yinini bir martalik tarkib hisobiga tuzib, uning kelajagiga e’tibor qaratilmaganligida. Bu holatdan esa rahbariyat qoniqmasdan, uni iste’foga chiqardi.

    “Buxoro” PFK murojaatidan

    Avvalroq “Buxoro” futbol klubiga Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi Ulug‘bek Baqoyev bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Unga O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov ma’lum muddat yordam beradi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    01.02.2017, 17:52   Izoh (0)   13844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Useyn Bolt Pekin Olimpiadasi oltin medalini XOQga qaytardi

    30.01.2017, 11:24

    Aleppoda so‘nggi besh yildan beri birinchi marta futbol uchrashuvi o‘tkazildi (foto, video)

    30.01.2017, 00:29

    Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichkoning o‘g‘liga timsoh hujum qildi

    27.01.2017, 00:24

    Useyn Bolt termadagi sherigidan doping topilgani sabab Olimpiada oltinidan ayrildi

    25.01.2017, 21:44

    Irkutsklik sportchi ayol yo‘lovchilar to‘la tramvay vagonini siljitishga erishdi (video)

    23.01.2017, 12:00

    O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bitta g‘alaba bilan Twitter’ning jahon trendiga chiqdi

    19.01.2017, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.