Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Devid Kemeron Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger bilan bo‘lgan uchrashuvda “yana qaytishi”ni ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The Guardian nashrida e’lon qilingan videotasmaning boshida Shvarsenegger Kemeronni o‘zining “yaxshi do‘sti” sifatida tanishtiradi.
Shundan so‘ng, Kemeron: “Men bu yerda gubernator bilanman va u [vazifasini] juda yaxshi bajaryapti. Men yana qaytaman”, — dedi.
Mazkur so‘zlar orqali sobiq bosh vazir Shvarseneggerning “Terminator” filmi bosh qahramoni sifatida aytgan mashhur jumlasini yodga oldi.
Biroq Kemeron ushbu jumlaga izoh bermay, uning siyosatga qaytishi bilan bog‘liq rejalariga daxli bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)