AQSh yangi tashqi ishlar vaziri Jeyms Mettisning Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrifi Amerika mudofaa sohasida osiyolik ittifoqchilari oldidagi majburiyatlarini bajarishga tayyorligini ko‘rsatishi lozim. Bu haqda 31-yanvar, seshanba kuni Pentagon ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Tashrif Qo‘shma Shtatlarning doimiy ittifoqchilari — Yaponiya va Janubiy Koreya oldidagi majburiyatlariga sodiqligi, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni bundan keyin ham mustahkamlashga tayyor ekanligini namoyish etadi”, — deyiladi Pentagon bayonotida.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligining kuni kecha ma’lum qilishicha, Mettis AQSh Janubiy Koreya hududida THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini o‘rnatishga tayyor ekanligini tasdiqlagan.
Mettis 2—3-fevral kunlari Janubiy Koreyaga, undan so‘ng Yaponiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga doir: Janubiy Koreya AQShdan mamlakat hududida strategik qurollarini joylashtirishni so‘radi
Izoh (0)