Amerikaning Speciality Vehicle Engineering (SVE) kompaniyasi Chevrolet Camaro SS’ga o‘zgartirishlar kiritib, uning unumdorligini 461 dan 811 ot kuchiga yetkazdi, bu Corvette Z06 superkaridan 152 ot kuchiga oshiqroq demakdir. Bu haqda Motor xabar berdi.
Camaro SS’ning sakkiztalik dvigateli hajmi 6,2 litrdan 6,8 litrgacha ko‘paytirildi. Motorga, shuningdek, yangi kolenval, alyuminiy porshenlar, yangi uzatmali nagnetatel o‘rnatildi. Yenko/SC deb nom olgan modifikatsiyaning kuch momenti 1017 Nm ga teng.
Bundan tashqari, kupening yangi modifikatsiyasi standart SS-versiyadan o‘ziga xos g‘ildiraklari, kuzovning yangi rangi, Yenko logotipi tushirilgan tormoz mexanizmlari, shuningdek, Goodyear Eagle F1 shinalari bilan farq qiladi.
Bunday avtomobillardan jami 50 ta yasaladi. Kiritilgan o‘zgartirishlar kamida 40 ming dollarga baholanmoqda. Chevrolet Camaro SS AQShda kamida 37 900 dollardan sotilmoqda.
Izoh (0)