Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) joriy yil fevral oyi o‘rtalarida bitta raketada bir yo‘la 104 sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times of India xabar berdi.
Barcha koinot qurilmalari PSLV-C37 raketasida uchiriladi. Mini va mikro sun’iy yo‘ldoshlarning Hindistonga tegishlisi atigi uchta, qolganlari boshqa davlatlar, jumladan, AQSh qurilmalari hisoblanadi.
Hozirda bir raketada eng ko‘p sun’iy yo‘ldosh uchirish bo‘yicha rekord Rossiyaga tegishli (34 qurilma). Hindistonlik mutaxassislarga ko‘ra, fevralga mo‘ljallangan parvozdan maqsad yangi rekord o‘rnatish emas, balki xarajatlarni kamaytirishdir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)