Yaponiyadagi Tanegasima orolida joylashgan kosmodromdan “Kirameki-2” deb nomlangan ilk harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shu tariqa faqat mamlakat qurolli kuchlari ehtiyoji uchun xizmat qiladigan uch qurilmadan iborat guruh yaratilishiga asos solindi. Qurilmalar yuqori tezlik va sifatga ega aloqani ta’minlashi lozim. Hozirgi vaqtda Yaponiya mudofaa vazirligi bu maqsadlar uchun uchta fuqaroviy sun’iy yo‘ldoshdan foydalanmoqda.
Sun’iy yo‘ldosh orbitaga muvaffaqiyatli ravishda chiqarildi. U Hind okeani ustida bo‘lishi va ushbu mintaqada harakat qilayotgan yapon kuchlari bilan aloqani ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)