“Motor” nashri dunyodagi eng katta mashinalar haqida ma’lumot berdi va ularning suratlarini bir sahifaga jamladi.
Vanku Tiger-Stone
Tiger-Stone – 2010-yili Gollandiyaning Vanku kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan chorqirra toshlarni yotqizadigan mashina hisoblanadi. Mazkur mashina yordamida chorqirra toshlarni yotqizish jarayoni uch barobar tez amalga oshiriladi.Tiger-Stone elektromotor yordamida harakatlanadi va bir sutka davomida (ikki ishchi yordamida) 300 metr kvadrat maydonga chorqirra toshlarni yotqiza oladi.
BelAZ-75710
BelAZ-75710 dunyodagi eng katta kon samosvali sanaladi. U o‘z kuzovida 450 tonna og‘irlikni tashishga qodir. Ginnesning rekordlari kitobiga kirish uchun BelAZ 503,5 tonna yukni ham tashishga muvaffaq bo‘lgan.Raqamlar: uzunligi – 20,5 metr, eni – 9,8 metr va balandligi – 8,1 metr. Bahaybat mashina 100 kilometrni bosib o‘tishi uchun 1 300 litr yoqilg‘i talab qiladi. BelAZning har bir g‘ildiragi 5 tonnaga teng.
LeTourneau L’2350
BelAZ 75710 singari samosvalni qazilmalar bilan tez to‘ldirishni LeTourneau L’2350 dan boshqasi eplay olmaydi. Mazkur mashina dunyodagi eng katta g‘ildirakli ortuvchi sanaladi. Eni 7,2 metrli “cho‘michi” bilan ushbu mashina bir martada 75 tonna ko‘mir yoki boshqa qazilmani ko‘tara oladi. LeTourneau L’2350 ning bir donasi qariyb 8 million dollar turadi.
Ulkan mashina V16 Detroit Diesel motori bilan jihozlangan. Uning quvvati 2 300 ot kuchiga teng. Yuk ortuvchining maksimal tezligi soatiga 15 kilometrni tashkil etadi. L’2350 24 soat tinmay ishlashi uchun 4 ming litr yoqilg‘i talab qiladi.
Zoomlion ZACB01
Zoomlion ZACB01 kabi avtokranlarni oddiy qurilishlarda uchratish qiyin. Uning 8 qismdan iborat o‘qi 2 000 tonnagacha yukni ko‘tara oladi.O‘qning maksimal uzunligi – 160 metr. Zoomlion ZACB01 nisbatan yengil, atigi 96 tonna.
SLJ900/32
Uzunligi 91 metrni tashkil qiluvchi mazkur mashinaning to‘liq nomi SLJ900/32 Segmental Bridge Launching Machine. Uning maqsadi esa ko‘p qismli ko‘priklarni qurishda yordam berish. Mashina bo‘lajak ko‘prikning qismlarini siljitadi, o‘rnatadi va qotiradi.Avtomatlashtirilganiga qaramay, SLJ900/32 inson yordamiga muhtoj bo‘ladi. Umumiy og‘irligi 580 tonnani tashkil qiladigan bunday qurilma faqatgina Xitoyda va alohida loyihalar uchun ishlab chiqarilar edi. Hozirgi kunda esa bunday mashinaning universal variantlari bor va ular dunyo bo‘ylab tarqalgan.
NASA Crawler
O‘ziyurar ulkan platforma 1965-yili Marion Power Shovel Co. kompaniyasi tomonidan ikki nusxada ishlab chiqarilgan hamda “Saturn V” va “Saturn IB” raketalarini tashish uchun mo‘ljallangan. NASA har bir platforma uchun 14 million dollardan voz kechgan. Mashina og‘irligi 2 400 tonnaga teng.
Bitta Crawler 6 000 tonna yukni soatiga 1,6 kilometr tezlikda tashishga qodir. Bahaybat konstruksiyani harakatga keltirish uchun har biri 2 750 ot kuchiga teng ikkita dizelli dvigatel o‘rnatilgan. Har bir platformaning yoqilg‘i bakining hajmi 19 ming litrga teng.
Krupp Bagger 288
Germaniyaning Krupp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Bagger 288 ekskavatori dunyodagi eng katta o‘ziyurar mexanizmi sifatida qayd etilgan. Uning og‘irligi 13 500 tonnani tashkil etadi.Mazkur mashinaning qurilishi 1978-yilda yakunlangan. Bagger bir kunda 2,5 ming temiryo‘l vagonini to‘ldirishga yetadigan 240 ming tonna ko‘mirni ishlatib yuborishi mumkin. Ekskavatorning uzunligi 240 metr, balandligi esa 96 metrga teng. Mashinaning burilish radiusi 100 metrni tashkil etadi.
Scheuerle
Scheuerle o‘ziyurar yuk modulini rekordchi emas, ammo uning yordamida Germaniya janubi-sharqida 1258-yili qurilgan Sakson cherkovi boshqa joyga ko‘chirilgan.Cherkovni o‘z joyidan 12 kilometr uzoqlikdagi boshqa joyga ko‘chirish uchun 6 kun va 4,2 million yevro sarflangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)