NATO bazalaridan ro‘yxatdan o‘tgan bir necha o‘nlab turk askari vatanida qamoq jazosiga tortilishidan xavotir olib, Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda aloqadorlikda gumonlanib, 43 mingga yaqin kishi hisbga olingan.
“Turkiyalik 40 nafarga yaqin harbiy, asosan yuqori mansab egalari, GFRdan boshpana so‘rab murojaat qildi”, — deyiladi Der Spiegel va ARD qo‘shma bayonotida.
2016-yilda Germaniya hukumatiga 2015-yilga qaraganda uch marta ko‘proq Turkiya fuqarolari qochoq maqomini olish uchun murojaat qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)