Germaniya poytaxti Berlinda “Yashil hafta – 2017” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro yarmarkasi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston kompaniya va korxonalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
“O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik tadbirkorlar “Yashil hafta – 2017” xalqaro yarmarkasida 27-yanvargacha Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Avstriya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarning firma va kompaniyalari bilan jami 151,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzoladi.
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoir Mirzayev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro yarmarka ishtirokchilari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga oid muzokaralar olib bormoqda.
70 ga yaqin mamlakatdan 1650 firma va kompaniya ishtirok etayotgan mazkur xalqaro forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ularni yetishtirish va qayta ishlashga oid eng so‘nggi yutuqlar namoyish etilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)