Dunyoning eng nufuzli Bocuse d’Or (“Oltin Bokyuz”) oshpazlik tanlovida AQSh oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Fransiyaning Lion shahrida 25-yanvar, chorshanba kuni yakunlangan tanlov final qismida asosiy mukofot Metyu Pitersning jamoasiga nasib qildi. Bu haqda “Oltin Bokyuz”ning rasmiy sayti ma’lum qildi.
Ikkinchi o‘rinni norvegiyalik, uchinchi o‘rinni esa islandiyalik oshpazlar egalladi.
Bocuse d’Or final qismida 24 mamlakatning tan olingan oshpazlari bellashdi. Ular jyuri e’tiboriga “Mollyuskali jo‘ja” taomining o‘z talqinini taqdim etishi lozim edi.
Tanlovning yakuniy qismida Marokash, Urugvay, Braziliya, Kanada, Germaniya, Islandiya va Estoniya jamoalari ishtirok etdi. Tanlov saytida ma’lum qilinishicha, oshpazlar 146 ta mahsulotni o‘z ichiga olgan ro‘yxatdagi masalliqlardan foydalanishlari mumkin edi.
“Oltin Bokyuz” mukofotini kino sohasidagi “Oskar” mukofoti bilan taqqoslash mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)