Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe “Chon Gyu Chje TV” internet-telekanaliga bergan intervyusida o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan korrupsiyadagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bugungi vaziyat kishini tushkunlikka soladigan ko‘p sonli uydirmalar natijasida yuzaga keldi. Menga nisbatan bildirilayotgan ayblovlarda ma’ni yo‘q, bularning barchasi ulkan yolg‘on”, — deya ta’kidladi Pak Kin Xe.
Shu bilan birga, parlament tomonidan lavozimidan chetlatilgan prezident vaziyatning bunday tus olishiga o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolar ham sabab bo‘lganini tan oldi.
Janubiy Koreya muxolifati Pak Kin Xening bu intervyusini keskin tanqid qildi va buni “OAV bilan sharmandali o‘ynashish” deb atadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)