Falastin prezidentining stretegik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Husam Zomlot uning mamlakati AQSh sobiq prezidenti Barak Obamadan 221 million dollar hajmida transh qabul qilganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Obama ma’muriyati belgilagan so‘nggi summani allaqachon oldik. Ular bu pullarni ko‘chirib berdi”, — dedi siyosatchi.
Zomlot mablag‘larni ajratish haqidagi qaror Vashingtonda bir necha hafta ilgari qabul qilinganini ta’kidladi.
“Umid qilamizki, Tramp o‘zidan oldingi prezidentlarning bu boradagi siyosatini davom ettiradi”, — dedi Falastin yetakchisi Mahmud Abbosning maslahatchisi.
Avvalroq Tramp Falastin muxtoriyatiga 221 million dollar o‘tkazilishini muzlatib qo‘ygani, AQSh vakillari esa Falastin bosh vaziri Rami Hamdulloga mablag‘lar “yaqin kelajakda ko‘chirib berila olmasligi”ni ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)