AQSHning Jorjiya shtatiga tushgan meteorit bo‘lagi uy tomini teshib o‘tdi. Olimlarning aniqlashicha, kosmik jismning yoshi Yernikidan ham kattaroq. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Kosmik tosh 4,56 milliard yil avval paydo bo‘lgan bo‘lib, bu Yer yoshidan qariyb 20 million yilga katta degani. AQSHning janubiy shtatlari osmonida 26-iyun kuni kunduzi chaqnab uchgan sirli “olov shar” aholining e’tiborini tortgan. U yerga tovush tezligidan tezroq tushib, Atlanta shahri yaqinidagi bir uyning tomini teshib o‘tgan.
Jorjiya universiteti geologi Skott Harrisga ko‘ra, meteorit tomni teshib, havo quvuri ichidan o‘tib, shift va polni zararlagan. Zarba oqibatida pol yuzasida 1,5 santimetr hajmdagi kichik chuqurcha hosil bo‘lgan. Harris mikroskop ostida 23 gramm bo‘laklarni o‘rganib, uning Mars va Yupiter orasidagi asteroid kamariga mansub ekanini va 470 million yil avval yirik asteroid parchalanishidan hosil bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Olimlar bu kosmik toshni hodisa bo‘lgan Makdonof shahri nomi bilan “Makdonof meteoriti” deb atashni taklif qilmoqda.
Izoh (0)