Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Salomatlik mahsulotlarining dunyodagi yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri Johnson & Johnson (J&J) Shveysariyaning Actelion biotexnologiya kompaniyasini 30 milliard dollar evaziga xarid qiladi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Foto: AP

Foto: AP

J&J Actelion aksiyalarining har bir donasi uchun 280 dollardan to‘laydi. Kelishuv ikki kompaniya direktorlar kengashi tomonidan ma’qullandi. Uning joriy yil ikkinchi choragida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. 

R&D NewCo deya shartli nom olgan yangi biofarmasevtika kompaniyasi aksiyalari kelishuv yakunlanganidan so‘ng Actelion aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. J&J yangi kompaniyaning 16 foiziga egalik qiladi va yana obligatsiyalarning 16 foiziga egalik huquqini qo‘lga kiritadi.

R&D NewCo bosh direktor Jan-Pol Klozel rahbarligidagi Actelion ilmiy jamoasi tomonidan boshqariladi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)