Rossiyaning Suriya Konstitutsiyasi loyihasi mamlakat hududida kurd muxtoriyatini yaratish haqidagi bandni o‘z ichiga oladi. Bu haqda “Interfaks”ga hujjat loyihasidan xabardor bo‘lgan Suriya muxolifati vakili ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Muxtoriyat hududida kurdlar o‘z tilini asosiy til deb e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, mamlakat nomidan “arab” so‘zini olib tashlab, “Suriya Respublikasi”ni qoldirish taklif etildi.
Asosiy qonundan, shuningdek, shariat qonunlari ustunligi to‘g‘risidagi nizomni olib tashlash taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, Rossiya prezidentning yetti yillik muddatga qayta saylanish huquqini bekor qilishni, shuningdek, Konstitutsiyadan davlat rahbari musulmon bo‘lishi kerakligi haqidagi bandni olib tashlashni taklif qildi.
Rossiyaning Suriya Konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar haqidagi taklifi Ostonadagi muzokaralar yakunida qurolli muxolifat vakillariga berilgan edi.
Izoh (0)