Dubayda dunyodagi eng yaxshi davlat xizmatlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan Iste’molchilar baxt fabrikasi ochildi, deb yozadi “Russianemirates.com”.
Yangi “korxona”ning ochilish marosimida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum ish sur’atlarini oshirish va amirlikning davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar samaradorligini oshirishga buyruq berdi.
Iste’molchilar baxt fabrikasi — Amirliklardagi o‘ziga xos tashabbus bo‘lib, maqsadlarga erishish uchun jamoa bo‘lib ishlashni nazarda tutadi hamda hokimiyatning mamlakat taraqqiyoti va milliy g‘oyalar bo‘yicha boshqarilishiga javob beradi.
Izoh (0)