Bishkek Vladimir Putinning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirligidagi manba ma’lum qildi, deb yozadi “24.kg”.
Vazirlikdagi manbaning ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Qirg‘izistonga 28-fevral kuni tashrif buyuradi.
“MDHning eng yirik mamlakati va Qirg‘izistonning moliya va iqtisod sohalaridagi asosiy hamkori yetakchisining tashrifi kuzda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Qirg‘iziston rahbari sayloviga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deydi agentlikning TIVdagi manbasi.
Rossiya prezidenti nafaqat Qirg‘izistonga tashrif buyuradi, balki Markaziy Osiyo turnesini amalga oshiradi. Bishkekka tashrifdan so‘ng, uning qo‘shni Tojikistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)