Hindiston shimolidagi fillarni muhofaza qilish markazi volontyorlari bu jonivorlarning oyoqlari uchun kiyimlar to‘qib, ularni sovuq ob-havodan himoya qilmoqda, deb xabar bergan TJournal.
Rang-barang liboslar qo‘lda to‘qilmoqda, bitta filning kiyimini to‘qish uchun to‘rt hafta vaqt kerak bo‘lmoqda. To‘quvchilar kiyimlar nafaqat issiq, balki chiroyli bo‘lishiga ham harakat qilmoqda.
Markaz asoschilaridan birining aytishicha, Markazdagi fillarning ko‘pchiligi qiyin sharoitlardan qutqarib olingan bo‘lib, ular pnevmoniya kabi kasalliklarga chalinishga moyil, shuning uchun ularni sovuqdan himoya qilish zarur. Shuningdek, sovuq ob-havo fillarda artritni kuchaytirishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)