Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 707” nomli kinokomediyasi yanvar oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan axborotga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Yanvarning uchinchi haftasi kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 707”dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Sevadi, sevmaydi”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Voy-dod—2”, Murod Inog‘omovning “O‘g‘irlanmagan kelin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroy hozirda “Ma’suma”, “Dadam betob”, “Ustyurtga yo‘l”, “Zurriyot”, “Boyvachcha kuyov”, “Virus”, “Darbadar” kabi filmlarni namoyish etmoqda.
Filmlar namoyishi jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
16-yanvar — 22-yanvar oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 707” (komediya)Rejissor — Ulug‘bek Yunusov2-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)Rejissor — Ozod Shams
3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov
4-o‘rin. “Voy-dod—2 (komediya)Rejissor — Ozod Shams
5-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin” (komediya)Rejissor — Murod Inog‘omov
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)