Gollivud aktrisasi Kristen Styuart o‘zining “Ketdik, suzamiz” filmida mashinalashtirilgan o‘qitishning qo‘llanilishi haqida ilmiy ish yozdi, deya xabar bermoqda Meduza. Ilmiy ish premyera kuni — 19-yanvarda arXiv onlayn-arxivida paydo bo‘ldi, u yerda maqolalar ilmiy taqriz qilinish jarayonidan o‘tmaydi.
Adobe muhandisi Bxautik Yoshi va prodyuser Devid Shapiro hammuallifligida yozilgan maqola “‘Ketdik, suzamiz’ filmida impressionistik kartinalarni neyron tarmoqlar asosida uslubni o‘zgartirishdan foydalanib, jonlantirish” deb nomlangan.
Maqolada kartinani yaratish jarayonida suratga olingan kadrlarni impressionist rassomlarning kartinalariga o‘xshatish uchun mualliflar qanday qilib mashinalashtirilgan o‘qitishdan foydalangani tavsiflab berilgan.
“Ketdik, suzamiz” qisqa metrajli kartinasi Styuart ssenariynavislik va rejissorlik qilgan ilk film bo‘ldi. Film premyerasi “Sandens” festivalida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)