“Terminator”ning ilk ikki filmi, shuningdek, “Titanik” va “Avatar” rejissori Jeyms Kemeron kiborg haqidagi franshizaga bo‘lgan huquqlar unga yana qaytadigan 2019-yildan keyin “Terminator”ning kelgusi qismi ustida ishlash niyatida. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Kemeron yangi filmda Devid Ellison bilan birgalikda prodyuserlikni o‘z zimmasiga oladi. Ellison “Terminator: Genezis” (beshinchi film) kartinasini yaratgan va film huquqlariga ham egalik qiladi. Rejissorlik vazifasiga maxsus effektlar ustasi, 2016-yilda xitga aylangan “Dedpul” filmi postanovkachisi Tim Miller taklif etildi.
Oltinchi “Terminator”ni suratga olish jarayoni aynan qachon boshlanishi ma’lum emas, chunki hozirda Kemeron “Avatar” filmining yangi qismlari ustidagi ishlar bilan band.
Bosh rolni Arnold Shvarsenegger o‘ynagan “Terminator” filmining birinchi qismi 1984-yilda ekranlarga chiqqan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)