Eron milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan Rizo G‘uchannajod Gollandiya chempionatining 19-turida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uning bu urinishi “Xerenven” klubiga hech bo‘lmaganda durang ham taqdim etmadi.
G‘uchannajod jamoadoshlari chempionatda 4-o‘rinni egallab turibdi. Ular o‘zlaridan bir pog‘ona yuqoridan joy olgan “PSV” mehmoni bo‘lib, 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborli tomoni, Rizo G‘uchannajod 12 ta gol bilan Gollandiya chempionatida to‘purar bo‘lib turibdi. Shuningdek, “Feynoord” klubi a’zosi Nikolay Yorgensen hisobida ham shuncha gol bor.
Ma’lumot uchun, Rizo G‘uchannajod, Sardor Azmun kabi Yevropa klublarida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan Eron terma jamoasi O‘zbekiston bilan JCh—2018 yo‘lida bir guruhdan joy olgan. Tomonlarning Toshkentda o‘tgan o‘yinida forslar 1:0 hisobida zafar quchgandi. Javob o‘yini shu yilning 12-iyun sanasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)