Samarqand viloyati hokimligida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari O. Ochilov, Fransiyaning O‘zbekistondagi Violen Biyet de Vilmor xonim mazkur loyiha Samarqand shahrida ekologik va sanitar-epidemiologik holatni barqarorlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ulardan samarali foydalanishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Keyingi ikki yilda Fransiya taraqqiyot agentligi, “Naldeo” kompaniyasi va “Ta’mirloyiha” loyiha instituti tomonidan loyihani tayyorlash va ishlab chiqish bo‘yicha texnik ishlar bajarildi. Hudud o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Ishlab chiqilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 37,1 million yevro bo‘lib, uning 23,5 millioni Fransiya taraqqiyot agentligi krediti hisoblanadi.
Taqdimotdan so‘ng fransiyalik mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillari loyiha amalga oshiriladigan hudud, shahardagi chiqindi yig‘ishga ixtisoslashgan korxonalar va chiqindi yig‘ish punktlari faoliyati bilan tanishdi.
Izoh (0)