2017-yilda xalqaro moliyaviy institutlarining 337,8 million dollar miqdoridagi mablag‘lari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga qaratiladi, deb xabar beradi UzDaily.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytilishicha, Osiyo taraqqiyot banki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilishga 150 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki esa chorvachilik rivojiga 150 million dollar yo‘naltirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojdantirish xalqaro jamg‘armasi Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut ishlab chiqarish va qayta ishlashni kengaytirishga 23,8 million dollar ajratadi.
Nihoyat, Xalqaro rivojlanish uyushmasi Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish bo‘yicha loyiha realizatsiyasiga 14 million dollar qaratadi.
Izoh (0)