Ispaniyaning Andalusiya muxtor jamoatidagi Veles-Malaga munitsipalitetida kichik samolyot halokatga uchradi. Bu haqda, El Mundo nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi — bir ayol va uning 10 yoshli qizi halok bo‘ldi.
Voqea joyiga fuqarolik gvardiyasi, politsiya va tibbiyot xodimlari yetib keldi.
Voqeaning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)