Sog‘liqni mustahkamlash va ko‘pgina kasalliklarning oldini olish maqsadida diyetologlar foydali moddalarga boy bo‘lgan dengiz balig‘ini iste’mol qilishni maslahat beradi.
Dengiz balig‘i vitaminlar, minerallar, aminokislotalar va yog‘ kislotalariga boyligi bilan boshqa oziq-ovqatlardan ajralib turadi. Kaloriyasi kam bo‘lishiga qaramasdan juda to‘yimli, foydali va tez hazm bo‘luvchi taom hisoblanadi.
Dengiz balig‘i markaziy asab tizimi va bosh miya faoliyati uchun juda foydalidir. Undagi elementlar yodda saqlash va diqqatni jamlash jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Avitaminoz va kuchsizlanish holatlarida dengiz balig‘ini iste’mol qilish juda samaralidir. Bu mahsulot yurak-tomir tizimi faoliyatiga, infarkt holatining va tomirlarning varikoz kengayish xurujining oldini olishga ham yordam beradi.
Kalsiy, fosfor va magniy suyak tizimini tartibga solib turadi. Shuningdek, bo‘g‘imlarning harakatini ta’minlovchi moddalarni me’yorida saqlab turishga yordam beradi.
Izoh (0)