WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh rasmiylariga taslim bo‘lmaydi. Bu haqda advokatlari AP’ga ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
2016-yil sentabrida Assanj AQShga kelishga va taslim bo‘lishga va’da bergan edi. Yaqinda WikiLeaks tvitlarining birida ushbu va’da yana takrorlandi.
Taslim bo‘lishning asosiy sharti sifatida AQShning sobiq harbiy xizmatchisi, WikiLeaks’ga ma’lumot yetkazgani uchun hibsga olingan Chelsi Menningni afv etish ko‘rsatilgan edi.
Ushbu tvitdan olti kun o‘tib, 17-yanvar kuni Barak Obama Menningga belgilangan jazo muddatini kamaytirish haqidagi farmonni imzoladi.
Ammo, WikiLeaks vakili Barri Pollak va Assanjning advokati Melinda Teylor gap Menningni darhol ozod qilish haqida ketganini, shu bois Assanj AQShga bormasligini ma’lum qildi.
Menning afv etilgach, WikiLeaks’ning Twitter’dagi sahifasida Assanj AQShga faqatgina barcha huquqlari kafolatlangan taqdirda borishi haqidagi yozuv paydo bo‘ldi.
Aytilishicha, o‘z tvitlarida Assanj prezident farmoni bilan jazo muxlatini qisqartirishni anglatuvchi clemency atamasini ishlatgan. Darhol ozod qilish yo‘li bilan afv etish pardon atamasi bilan yuritiladi.
Izoh (0)