AQShning 45-prezidenti Donald Tramp mansabga chiqishi munosabati bilan mamlakat poytaxti Vashingtonda tantanalar uch kun davom etadi. Ammo 20-yanvar kuni Kongress devorlari ostida bo‘lib o‘tadigan qasamyodga keltirish marosimi odatdagidan qisqa va kamtarin o‘tadi, deb xabar beradi “TASS”.
Tadbir tashkilotchilarining e’lon qilishicha, dastlab Tramp va AQShning saylangan vitse-prezidenti Maykl Pens Arlington milliy qabristonidagi Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘yadi. So‘ng ular Avraam Linkoln memorialini ziyorat qilib, u yerda o‘zlari sharafiga uyushtirilgan konsertni tinglaydi.
Tramp va Pens konsert sahnasidan turib to‘plangan fuqarolar bilan salomlashadi.
Tayyorgarlik jarayonlari deyarli tugadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)